Abdurashid Yo'ldoshev - Gulira'no qo'shiq matni
Bahorning guli lola,
 Gul bo`lib, guldir barno,
 Ko`nglimning yolg`iz guli
 Sen, Gulira'no. (x2)
Qoshing qaroligi rost,
 Qalbim yaroligi mos,
 Kiyibsan guldan libos
 Sen, Gulira'no.
Gulira'no, yolg`izim sen, Gulira'no,
 Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira'no. (x2)
Jon qiynaldi firoqda,
 Ikkimiz ikki yoqda.
 Ketma tashlab yiroqqa sen, Gulira'no,
 Yolg`izim sen, Gulira'no.
Gulira'no, yolg`izim sen, Gulira'no,
 Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira'no. (x2)
Yolg`izim sen, yolg'izim,
 Olding aqlu es-hushim,
 Ko`ksimdagi jon qushim
 Sen, Gulira'no.
Bo`lma hayron, bo`lma lol,
 G`uncha labing chashmi bol,
 Bunchalar sen sohibjamol,
 Sen, Gulira'no.
Qoshing qaroligi rost,
 Qalbim yaroligi mos,
 Kiyibsan guldan libos
 Sen, Gulira'no.
Gulira'no, yolg`izim sen, Gulira'no,
 Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira'no. (x2)
Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira'no...

