Shaxriyor - Qalam qoshli yorim qo'shiq matni
Dunyoni kezaman, parivashni qidiraman,
 Husni-jamoli meni tinch qo`ymaydi.
 Dardimni biladi, bilib o`yin qiladi,
 Sevishimni biladi, rosa-rosa noz qiladi.
Kuydim men bechora, bo`ldim men devona,
 Bu go`zal husningni ko`rib men hayrona.
 Yondim men bechora, bo`ldim men devona,
 Bu go`zal husningni ko`rib men hayrona.
Qalam qoshli yorim bo`l,
 Ko`nglida vafo borim bo`l,
 Senga ko`nglim berdim-ey,
 Malikam bo`l-ey, baxtim bo`l. (x2)
Tanhoginam, pari-pari, barchadan ham go`zal gulim,
 Seni sog`indim voh-ey, juda sog`indim.
 Qalbim olov, yonadi dilim, xumorga to`lar meni yuragim,
 Agar ko`rmasam, bir bor ko`rmasam.
Yondim men bechora, bo`ldim men devona,
 Bu go`zal husningni ko`rib men hayrona.
 Yondim men bechora, bo`ldim men devona,
 Bu go`zal husningni ko`rib men hayrona.
Qalam qoshli yorim bo`l,
 Ko`nglida vafo borim bo`l,
 Senga ko`nglim berdim-ey,
 Malikam bo`l-ey, baxtim bo`l. (x2)
Borim bo`l... yorim bo`l...
Ko`rdim bitta pari kelar, kelar o`ylana-o`ylana,
 Oshig`i ko`nglini olib, kelar nozlana-nozlana.
 Qayerda bo`lmay, kimlarni ko`rmay,
 Hech qaysi go`zal bo`lolmaydi senday.
Qalam qoshli yorim bo`l,
 Ko`nglida vafo borim bo`l,
 Senga ko`nglim berdim-ey,
 Malikam bo`l-ey, baxtim bo`l. (x2)

