Sarvar va Komil - Ayt qo'shiq matni

Ishonmasdim ketasan deb,

Ishonmasdim unutasan deb meni.

Lekin bugun o`zgargandek,

Bir-birimiz tanimagandek go`yo.



Turarmiz so`nggi bekatda,

Tugab borar bizning sahifa, netay?

Sevishga o`rgatding meni,

Qanday o`zing sevding o`zgani?

Qanday? Qanday?



Ayt, seni qancha o`zgadan izlay?

Nigohlaring qanday unutay?

Yoki butkul o`zimdan kechay, qanday?

Sen ayt, sensizlikka qanday ko`nikay?

Sevganlarga jazomi shunday?

Sen o`zga deb, men seni deb yashay, qanday?



Ayrilamiz, har tomon yo`llar,

O`rtada javobsiz savollar, sen tomon chorlar.

Kecha olasanmi shunday,

Nahot umid berarding sevmay?

Sevmay? Qanday?



Ayt, seni qancha o`zgadan izlay?

Nigohlaring qanday unutay?

Yoki butkul o`zimdan kechay, qanday?

Sen ayt, sensizlikka qanday ko`nikay?

Sevganlarga jazomi shunday?

Sen o`zga deb, men seni deb yashay, qanday?



Ayt...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]