Sherali Jo'rayev - Anda jonim qoldi mening qo'shiq matni
Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg`on Andijonim qoldi mening.
Nodirimsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonning yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomchimsan, Andijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening. {x2}
Bog`ishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatida e'timodim afg`onga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.
Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Qay yong`aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Qay sorig`a yuzlansam, o`trumg`a kelur qayg`u,
Yuz mehnatu g`am ko`rgan, osoyishi kam ko`rgan,
Ming dardu sitam ko`rgan mandek yana bir bormu?
Yuz mehnatu g`am ko`rgan mandek yana bir bormu?
Osoyishi kam ko`rgan mandek yana bir bormu?
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi,
O`z yurtni qo`yib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, bu ne yuz qarolig` bo`ldi. {x2}