Sobirjon Mo'minov - Boq oyog'ing ostiga qo'shiq matni

Bu jahon pastdur, balanddur, boq oyog`ing ostiga,

Bilmayin qo`yma oyog`ingni tikonning ustiga.



Bul hayot shunday murakkab, ey odam, xushyor bo`l,

Do`st deb sir aytmagin dushmanlaringning do`stiga. {x2}



Bu jahonga nega kelding, ey odam, bir o`ylagin,

Sen axir inson erursan, hayvonsifat ish qilmagin.



Yurtiga xizmatni aylab, chorasizga kulmagin,

Xalqingga xizmatni aylab, chorasizga kulmagin,

Do`stga yordam aylagin, tosh yog`sa boshing ustiga. {x2}



Boshga mushkul tushsa gar, chin do`stlar teng qayg`urar,

Do`sti-nomardi esa dushmanlaring bilan kular.



Beaql do`sting esa, dushmanlaring birlan yurar,

Jon kerak bo`lsa beray, mard do`stlarning do`stiga. {x2}



Bu jahon pastdur, balanddur, boq oyog`ing ostiga,

Bilmayin qo`yma oyog`ingni tikonning ustiga. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]