Otabek Mutalxo'jaev - Yig'lamagin azizim qo'shiq matni
Ortimga boqaman – ko`rinmaydi yo`l,
 So`nggi manzil bo`lib ko`rinar tuman.
 Bir qiz turar, ko`zida alamli yosh,
 Yuragida ming bir hasrat, dard bilan.
Mendan nigohini uzmaydi shu on,
 Qarog`ida aylanar mavjli daryo.
 Nechun ko`z yosh bilan yuzini yuvar
 Sevgimizni sarob aylagan dunyo?
Yig`lamagin azizim,
 Yig`lamagin azizim,
 Yig`lab ko`ngling to`larmu,
 Yig`lama endi yolg`izim. (x2)
Taqdir azal oldida ojiz,
 Bemor yuragim qoshingda holsiz,
 Soatlarim to`xtab qolgandek,
 O`tar umrim endi sensiz.
Qayg`urganing endi behud,
 Og`ir bo`lsada meni unut.
 Men bera olmagan baxtni
 Bo`ldi, taqdiringdan kut.
Yig`lamagin azizim,
 Yig`lamagin azizim,
 Yig`lab ko`ngling to`larmu,
 Yig`lama endi yolg`izim. (x2)
Ohanglarim biroz qayg`uli,
 Kunlar o`tar sensiz alamli.
 Xohlasam ham qaytolmasman endi kech.
Qayg`urganing endi behud,
 Og`ir bo`lsada meni unut.
 Men bera olmagan baxtni
 Bo`ldi, taqdiringdan kut.
Yig`lamagin azizim,
 Yig`lamagin azizim,
 Yig`lab ko`ngling to`larmu,
 Yig`lama endi yolg`izim. (x2)

