Sherali Jo'rayev - Bahor aldamas qo'shiq matni
Ishonishib qishning iliq kuniga
Ba'zi bir daraxtlar kurtak yozibdi. (x2)
Ayyor qish o`ronib bahor to`niga,
Soddalar ostiga chuqur qazibdi.
Bardoshni yo`qotmay kutinglar bir pas,
Bahor ham keladi, bahor aldamas. (x2)
Goh odam qoqinar, yo`ldan adashar,
Xatoga yo`l qo`yar, xom sut emgan-da.
Ba'zilar vabodek unga qarashar,
Go`yo qabr tuzatar buni, degandek.
Siz uning qalbiga boqingiz bir pas,
Qadami adashsa, qalbi aldamas. {x2}
Yaxshi ham, yomon ham qolmas betobut,
Dunyoda hech kimsa qolmagay mangu.
Tuproqqa qo`yilgach, kim bo`lsa unut,
Hayotning qahriga uchragani bu.
Tuproqqa qo`yilgach, kim bo`lsa unut,
Insonlar qahriga uchragani bu.
Ey ko`nglim, bunchalar kuyinmagin bas,
Elga boq, el ko`zgu, xalqing aldamas. {x2}
Bahor ham keladi, bahor aldamas. {x3}