G'ayrat Usmonov - Ikki qadam qo'shiq matni
Jafo bo`ldi ikkimizga,
 Marjon edik, uzildik biz.
 Yuk qo`shildi yukimizga,
 Karvon edik, buzildik biz. (x2)
So`zim ko`p-u aylay desam,
 Yo`qdir senga so`zim endi.
 Ikki qadam, uch qadammas,
 Oramiz xo`b uzun endi.
Ikki qadam, uch qadammas,
 Oramiz xo`b uzun endi.
 Seni izlab topolmagan
 Nigohlarim mahzun endi. (x2)
Oy yuzingni aks etmayin
 Bo`shab qoldi ko`zim endi.
 Sen yoqlarga begonaman,
 Begonadir izim endi. (x2)
So`zim ko`p-u aylay desam,
 Yo`qdir senga so`zim endi.
 Ikki qadam, uch qadammas,
 Oramiz xo`b uzun endi.
Ikki qadam, uch qadammas,
 Oramiz xo`b uzun endi.
 Seni izlab topolmagan
 Nigohlarim mahzun endi. (x2+x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
