Tohir Mahkamov - Arzonga sotding qo'shiq matni
Yorug` dunyo ko`rmay o`tdim dunyodan,
 Yoshligimdan yoshga to`ldi bu ko`zim. (x2)
 Qayg`u, hasratlarim to`lgan zamonda
 Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)
Bu dunyo men uchun alomat bo`ldi,
 Do`stim deb so`zladim, malomat boldi. (x2)
 Nechun do`stlar bazmi qiyomat bo`ldi?
 Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)
Xiyonating bilan qiynaldi jonim,
 Nafratdan qoraydi tiniq osmonim.
 Ammo butun qoldi toza iymonim,
 Sen meni arzonga sotding, ey do`stim.
Ammo butun qoldi toza iymonim,
 Sen meni arzonga sotding, ey do`stim.
Yolg`on hayratlarga ishondim uzoq,
 Soxta mehr qo`ydi jonimga tuzoq. (x2)
 Nechun qulab ketdi ishonch degan tog`?
 Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
