Oxunjon Madaliyev - Onamning tilagi qo'shiq matni

Soddagina onam, xokisor onam,

Munisgina onam, beozor onam.

Ko`zida aytmagan dardi bor onam,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



Ko`zida aytmagan dardi bor onam,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



Derlar: bitta onang, bitta tanang do`st,

Yor-og`ayni emas, faqat bolang do`st.

Tongda joynamozda qilgan nolang do`st,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



Tongda joynamozda qilgan nolang do`st,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



Ko`z ochsam, yon-berim olov bo`lganda,

Qo`shiqlarim boshimga balo bo`lganda,

Eng yaqin do`stlarim chin yov bo`lganda,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



O`rgiloyin olisdan yo`qlab kelsangiz,

Qo`shig`imni tinglab, yig`lab kelsangiz,

Eng buyuk qo`shig`im siz, agar bilsangiz,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.



Eng buyuk qo`shig`im siz, agar bilsangiz,

Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz. {x3}

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Oxunjon Madaliyev - Onamning tilagi qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.