Bojalar guruhi - Sendan qo'shiq matni
Yashardim zor-bedor bo`lib,
 Sevardim men baxtga to`lib.
 Yashardimku bariga ko`nib,
 Yonardimku ming bora so`nib.
So`ramadim toju taxt, boylik,
 So`ramadim tunlar bedorlik.
 Istardimki so`zga vafoli,
 Bo`lishingni sal e'tiborli.
Kelmadiku shu ham qo`lingdan,
 Berolmading bir joy ko`nglingdan.
 Afzal bo`ldi boylik sevgingdan,
 Nafs balosi urdi yo`lingdan.
Sendan umring so`ramadim,
 Sendan boylik so`ramadim,
 Sendan menga bo`lgan e'tibor,
 Vafoli yor bo`lishingni so`radim. (x2)
Begona aqlim o`zimdan,
 Kutmasdim ayol qalbidan.
 Lekin senda ayol qalbimas,
 Qalb o`rniga jonsiz tosh ekan.
So`ramadim Layli mehrini,
 So`ramadim dunyo sehrini,
 So`ramasdan shodlik zahrini,
 Tilardimki chin muhabbatni.
Kelmadiku shu ham qo`lingdan,
 Berolmading bir joy ko`nglingdan.
 Afzal bo`ldi boylik sevgingdan,
 Nafs balosi urdi yo`lingdan.
Sendan umring so`ramadim,
 Sendan boylik so`ramadim,
 Sendan menga bo`lgan e'tibor,
 Vafoli yor bo`lishingni so`radim. (x2+x2)
Vafoli yor bo`lishingni so`radim...

