Farruh Komilov - Qirq kokil qo'shiq matni
Shaydoman-u, lekin beparvo,
Ado, shubha-gumonsizman ado.
Siz boshqa tomon-ey,
Biz boshqa tomon-ey,
Bizdan sizga borguncha
O`tar qancha zamon-ey.
Dilimdagin aytguncha
Rangi-ro`yim somon-ey.
Oh, rangi-ro`yim somon-ey,
Oh, rangi-ro`yim somon-ey.
Ey, qirqta kokil likon-likon
Qiladi belida, o`ynab sho`x-shodon.
Nozda xirom bor yana,
Jonda orom bor yana.
Ho-o, dilbar, zebo jonon-ey.
Siz boshqa tomon-ey,
Biz boshqa tomon-ey,
Sizga yetib borguncha
Sabru-toqat tamom-ey.
Rahm qilib kelmaysiz,
Ahvolimiz yomon-ey.
Oh, ahvolimiz yomon-ey,
Oh, rangi-ro`yim somon-ey.
Ey, qirqta kokil likon-likon
Qiladi belida, o`ynab sho`x-shodon.
Nozda xirom bor yana,
Jonda orom bor yana.
Ho-o, dilbar, zebo jonon-ey.
Oh, ahvolimiz yomon-ey,
Oh, rangi-ro`yim somon-ey.
Читать также
Комментарии (0)