Sherali Jo'rayev - Sharshara qo'shiq matni

Soch emas bu sharashara, bu sharshara,

Sharsharangda qo`shilishib oqayin-ey, oqayin.

Sharsharangda oqqanlarga bir qarab-a, bir qarab,

Bahor bo`lib boshingdan gul sochayin-ey, sochayin.

Soch emas bu sharashara, bu sharshara, ey sharshara.



Shu sochlardan dor yasalsa mayliga, mayliga,

Oshiqlarni bir-bir ossa mayliga-yo, mayliga.

Men yaraldim shunday ozor bor uchun-ey, yor uchun,

Oshig`ingni osa olgin dor uchun-ey, yor uchun.



Soch emas bu sharashara, bu sharshara, ey sharshara,

Sharsharangda qo`shilishib oqayin-ey, oqayin.

Sharsharangda oqqanlarga bir qarab-a, bir qarab,

Bahor bo`lib boshingdan gul sochayin-ey, sochayin.

Soch emas bu sharashara, bu sharshara, ey sharshara.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]