Oxunjon Madaliyev - Yolg'iz ayol qo'shiq matni
Yeganin osh demang yolg`iz ayolning,
Shayton tovog`iga qo`lin soladi. (x2)
Dasturxon boshida dadasin qo`msab,
Yo o`g`li yo qizi yig`lab qoladi. (x2)
Yurganin yo`l demang yolg`iz ayolning,
Kiftiga malomat botib boradi. (x2)
Qo`sha jon qiynalib, tortolmay turgan
Aravani yolg`iz o`zi tortib boradi. (x2)
Tunlarin tinch demang yolg`iz ayolning,
Yo`qotgan uyqusin izlab qoladi.
Alahlab, dadasin chaqirsa qizi,
Alamdan yostiqni tishlab oladi.
U ayolda, demang, axir uning ham
O`z idroki bordir, yugurik qoni.
Til tekkiza ko`rmang uning sha'niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.
Til tekkiza ko`rmang uning sha'niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.
Yeganin osh demang yolg`iz ayolning,
Shayton tovog`iga qo`lin soladi.
Dasturxon boshida dadasin qo`msab,
Yo o`g`li yo qizi yig`lab qoladi. {x3}
Yig`lab qoladi, yig`lab qoladi...