Sherali Jo'rayev - Oshiq bo'ling qo'shiq matni

Hol so`rab kelmang yonimga, avvalo oshiq bo`ling,

Yoqmang o`t jonu tanimga, avvalo oshiq bo`ling.



Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.



Ishqsiz odamga dardim so`ylasam ne foydadur,

Dardimi bilmoqchilar, kimgadur oshiq bo`ling.



Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.



Ishqsiz bedardlarni ko`rgali yo`q toqatim,

Yoqmasa, ma'zur tuting bu holatim, oshiq bo`ling.



Dardsizlik dardidan saqla mani taqdir, yor,

Umr o`tib qartaymayin, topib nigor, oshiq bo`ling. {x2}



Gar eshik ochsa kulib sizlarga ham ishq maktabi,

Bosh qo`yib ostonasiga, men kabi oshiq bo`ling.



Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.

Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]