Yulduz Usmonova - Nima qildik Vatan uchun qo'shiq matni
Boshing egib ta'zim ayla, shukrona ayt
 Seni guldek erkalagan chaman uchun.
 Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt,
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko`zi qora, yuragi oq shu el uchun,
 Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun,
 Ulug` inson boshlab bergan shu yo`l uchun
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Ulug` inson boshlab bergan shu yo`l uchun
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Elim uchun, yurtim uchun
 Yaratmishdir bizni Xudo Vatan uchun.
 Nima qildik Vatan uchun?
 Kerak bo`lsa, jonim fido Vatan uchun.
Qachongacha qorning o`ylab o`tadursan?
 Qachongacha ko`kdan chalpak kutadursan?
 Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Buncha bino qoymang zarrin choponlarga,
 Saratonda yaproq bo`lgin dehqonlarga.
 Suyangani tayoq bolgin cho`ponlarga,
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun? {x2}
Elim uchun, yurtim uchun
 Yaratmishdir bizni Xudo Vatan uchun.
 Nima qildik Vatan uchun?
 Kerak bo`lsa, jonim fido Vatan uchun.
Hech kimdan kam emassan, kam bo`lmagaysan,
 Yerda qolsang, quyosh bo`lib kulmagaysan.
 Qachon belni mahkam tortib bog`lagaysan?
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
 Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen.
 Shu savolni berib ko`rgin o`zingga sen:
 Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun? {x2}
Elim uchun, yurtim uchun
 Yaratmishdir bizni Xudo Vatan uchun.
 Nima qildik Vatan uchun?
 Kerak bo`lsa, jonim fido Vatan uchun. (x2)
Kerak bo`lsa, jonim fido Vatan uchun...

