Kaniza - Farzand nolasi qo'shiq matni

Ma'yus-mahzun qolsam, qaddim egilib,

To`kis baxtimdan bir parchasi sinib,

Dadam bilsang, mehring ayamdek aziz,

Ayam bilsang, mehring dadamdek aziz.



Dada bilsang, mehring ayamdek aziz,

Aya bilsang, mehring dadamdek aziz.



Ayajonginam, dadajonginam,

Birga ko`rsam sizni – shu mening baxtim.

Ayajonginam, dadajonginam,

Birga ko`rar bo`lsam – shu aziz baxtim.



Farzand ma'yus qolsa, qaddini egib,

Taqdir oldida u kuchsizdek bo`lib.

Bir qanoti bir yon uchaman deydi,

Boshqa qanot esa o`zga yerlarga.



Bir qanoti bir yon uchaman deydi,

Boshqa qanot esa o`zga yerlarga.



Ayajonginam, dadajonginam,

Birga ko`rsam sizni – shu mening baxtim.

Ayajonginam, dadajonginam,

Birga ko`rar bo`lsam – shu aziz baxtim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]