Shahzoda - Ming shukur qo'shiq matni

Alamli, orzular mendan ketadi ozorli,

Kunlarim sensiz o`tadi yomg`irli.

Qayg`ular bag`rim ezib,

Ketishing sezib-sezib yashadim.



Sarsonman, barglari bevaqt to`kilgan xazonman,

Qo`l cho`zib, yetolmagan sargardonman.

Dardlarim ichga yutib,

Qaytishing kutib-kutib yashadim.



Ming shukur aytay takror,

Umrim etding baxtiyor,

Seni bir zumga yonimda his etsam.

Ming shukur aytay takror,

Yonimda davo ming bor,

Borimni berib, umrimni baxsh etsam.



Sensizlik, sog`inchim meni qiynaydi yolg`izlik,

Kun sayin meni sinaydi cheksizlik.

Duoga qo`lim ochib,

Diydoring kutib-kutib yashadim.



Ming shukur aytay takror,

Umrim etding baxtiyor,

Seni bir zumga yonimda his etsam.

Ming shukur aytay takror,

Yonimda davo ming bor,

Borimni berib, umrimni baxsh etsam. (x2)



Ming shukur...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]