Lola - Bilmaysan qo'shiq matni

Ketaver, sen baribir meni tushunmaysan,

Men senga kerakmas, shuni tan ola olsang bas,

Lek tan ololmaysan.

Va'dalar, yuragimni zabt etgan lablar,

Yolg`onmidi ular?

Men esa ishonar edim ularga. Nega?



Chunki seni sevardim jonimdan ortiq,

Ko`zlarim ko`r bo`lib, shartlaringga ko`nib.

Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim,

Sen buni bilmaysan, nega?



Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding?

Sevgim qadrin bilmay, ko`zim yoshlab ketding.

Yolg`iz suyanganim, senga ishongandim,

Sen buni bilmaysan yana!



Balki sen ham meni sog`ingandirsan?

Shunday deb o`zimni har kun ovutaman,

Sen buni bilmaysan, nega?



Chunki seni sevardim jonimdan ortiq,

Ko`zlarim ko`r bo`lib, shartlaringga ko`nib.

Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim,

Sen buni bilmaysan, nega?



Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding?

Sevgim qadrin bilmay, ko`zim yoshlab ketding.

Yolg`iz suyanganim, senga ishongandim,

Sen buni bilmaysan yana!



O`tar kunlar, armonga yengilgan yillar,

Nahot sevgim xazon, orzularim yakson,

Voz kecholding oson?



Yog`ganda yomg`irlar, eslab meni qiynar,

Men seni unutdim o`ksinib tunlar.

Ko`zda yosh qolmadi, umidlarim so`ndi,

Sen buni bilmaysan, nega?



Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding?

Sevgim qadrin bilmay, ko`zim yoshlab ketding.

Yolg`iz suyanganim, senga ishongandim,

Sen buni bilmaysan yana!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]