Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Yigit yig'lamasin dunyoda qo'shiq matni

Yulduz Usmonova - Yigit yig'lamasin dunyoda qo'shiq matni

Bog`larda bulbullar yig`lasin mayli,

Sochlari sunbullar yig`lasin mayli. (x2)

Ma'yus majnuntollar yig`lasin mayli,

Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)



Yomg`ir bulut bag`rin so`kar o`sha kun,

Ohorli yoshlarin to`kar o`sha kun. (x2)

Zabardast tog`lar ham cho`kar o`sha kun,

Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)



Yigitning ko`zini nam qilma hayot,

Boshginasin egik ham qilma hayot, (x2)

Ko`rgan kunlarini kam qilma hayot,

Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)



Bir so`zni axtarib yurardim doim,

Shu so`zni men bugun topdim, Xudoyim, (x2)

Bo`lmasin desangiz qiyomat-qoyim,

Yigit yig`lamasin dunyoda. (x2)



Yigit yig`lamasin dunyoda... {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]