Alisher Fayz - Shamol qo'shiq matni
Shamol... Shamol... {x2}
Shamol mening yuragimni ham
 Shoxdan-shoxga otib, urar.
 Yerda yotgan xazin yaproqni
 Qo`lga olib tez yugurar. (x2)
Shamol... Shamol...
Yulqib tashlar ko`ylaklaringni,
 Ro`molingni hilpiratadi. (x2)
 Suv mavjiga teskari to`lqin
 Solib dilni jimirlatadi.
Shamol... Shamol...
Shamol buncha erka bo`lmasa?
 Qo`ymaydi hech kimni holiga.
 U kimlarning ozod ruhidir,
 O`xshar kimning hur xayoliga.
Shamol bilan bog`lar oralab,
 Mazza qilib charx urdi ko`nglim.
 Yuragimdan dunyo g`uborin,
 Aritmoqqa ulgurdi ko`nglim.
Shamol... Shamol...
Shamol mening yuragimni ham
 Shoxdan-shoxga otib, urar.
 Yerda yotgan xazin yaproqni
 Qo`lga olib tez yugurar. (x2)
Shamol... Shamol... {x2}
Читать также 
				Комментарии (0)
				
