Yulduz Usmonova - Yorni tark etmang qo'shiq matni

Har kishining jahonda ko`nglidagi yor bo`lsin,
Sevgida saodati doim barqaror bo`lsin. (x2)
Yorning har takallumi mo`miyodir, asaldir,
Bir jon emas, yuz jon ham yo`lida nisor bo`lsin. (x2)

Kim tark etsa yorini-yorini,
Tinglamasa zorini-zorini,
Hijronu iztirobga bir umr,
Bir umr unga duchor bo`lsin. (x2)

Qaro zulflar bo`yini unutsa agar har kim,
Shu kokillar qatl uchun bitta-bitta dor bo`lsin. (x2)
Muhabbat dil gavhari, chekkil ey hijronlari,
Biyron-biyron tillarda qo`shig`u alyor bo`lsin. (x2)

Kim tark etsa yorini-yorini,
Tinglamasa zorini-zorini,
Hijronu iztirobga bir umr,
Bir umr unga duchor bo`lsin. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]