Botir Qodirov - Musofir qo'shiq matni
Qoshing qora, ko`zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, o`zim eslatay –
Bolasisan O`zbekistonning!
Qachon kelding bu yerga o`zi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to`zibsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo`yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging, o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo`liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.
Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog`intirding sen uni buncha?
Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog`inib yig`lab,
Tishlaganin yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni, o`yla?
Bor, xayolan, do`stlaring bilan
O`rtaga tush, quloch yoz, o`yna.
Eh, hayit bayramini sog`inib,
Oqizdingku ko`zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang
Arafaning shirin oshini.
Qara, o`sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko`rding, otang kulolmayapti,
Yo`lga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, tog`ang
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog`inmading, jon bolam,
Navro`zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo`lib qaribdi.
Bir ko`rishga ulgurmikansan?
Xastalanib, yotib qolibti.
Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo`lingda dast ko`tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o`zingni kechirolmaysan.
Musofirning qadri bo`lmaydi,
Musofirning qabri bo`lmaydi,
Musofirning musofirlikdan
O`tadigan dardi bo`lmaydi.
Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo`llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo`ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O`zbekistonning! {x2}
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, o`zim eslatay –
Bolasisan O`zbekistonning!
Qachon kelding bu yerga o`zi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to`zibsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo`yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging, o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo`liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.
Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog`intirding sen uni buncha?
Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog`inib yig`lab,
Tishlaganin yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni, o`yla?
Bor, xayolan, do`stlaring bilan
O`rtaga tush, quloch yoz, o`yna.
Eh, hayit bayramini sog`inib,
Oqizdingku ko`zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang
Arafaning shirin oshini.
Qara, o`sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko`rding, otang kulolmayapti,
Yo`lga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, tog`ang
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog`inmading, jon bolam,
Navro`zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo`lib qaribdi.
Bir ko`rishga ulgurmikansan?
Xastalanib, yotib qolibti.
Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo`lingda dast ko`tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o`zingni kechirolmaysan.
Musofirning qadri bo`lmaydi,
Musofirning qabri bo`lmaydi,
Musofirning musofirlikdan
O`tadigan dardi bo`lmaydi.
Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo`llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo`ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O`zbekistonning! {x2}
Читать также
Комментарии (0)