Alisher Fayz - Kelyapti qo'shiq matni

Men seni topmasam jahon ichinda,
O`tgan yo kelajak zamon ichinda,
Charx urib shu cheksiz makon ichinda,
Seni bulutlardan so`rgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Seni bulutlardan so`rgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Ehtimol, shamollar seni ko`rgandir,
Yana ko`rmoq bo`lib izlab yurgandir, (x2)
Vodiylar ichinda chaqmoq urgandir,
Shamollar ortidan borgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Shamollar ortidan borgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Bag`rimda gul emas, gurillar gulxan,
Gulshan yo gulxanlar ichindadursan.
Dunyoning sahar yo kechindadursan,
Oyog`im yetgancha yurgim kelyapti,
Yuzingni bir-bora ko`rgim kelyapti.

Yetolmay yiqilsam, izlab topsalar,
Yuzimni oq parda bilan yopsalar,
Qabriston tomonga olib chopsalar,
So`nggi kun soyangda turgim kelyapti,
To abad men seni ko`rgim kelyapti.

So`nggi kun soyangda turgim kelyapti,
To abad men seni ko`rgim kelyapti.




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Yulduz Usmonova - Lov-lov qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 22:00Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Ko`rgim kelar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:20Скачать
Sarvar va Komil - Sensiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Gulasal Abdullayeva - Taq-tuq qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:34Скачать
Alisher Fayz - Korgim kelyapti 128 kbps19-01-2015, 22:43Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.