Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang qo'shiq matni

Dunyo juda go`zal edi, yuz burmadim,
Netay, bitta savobga ham ulgurmadim.
Do`stlar bilan kulib davron surolmadim,
Onajonim, bag`ringizdan olis ketdim,
Siz yig`lamang, jannatlarga borib yetdim. (x2)

Mehr nedur, muhabbat ne, anglar edim,
Orom olsam, onam bag`rin tanlar edim.
Tongga qadar allalarin tinglar edim,
Beshigimda yotib, rizqim olib ketdim,
Siz yig`lamang, jannatlarga borib yetdim.

Dunyolarga kim to`yibdi, men to`ymasam?
Koshki kulib, ikki bora qadam qo`ysam.
Shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam,
Ota-onam ko`z yoshida oqib ketdim,
Yig`lamangiz, jannatlarga borib yetdim.

Taqdir kimni o`ynatadi, kuldiradi,
Yana kimni ko`z yoshiga to`ldiradi.
Yashnab turgan g`uncha nigoh so`ldiradi,
Oppoq qordek sochingizga yog`ib ketdim,
Yig`lamangiz, jannatlarga borib yetdim.

Ko`p maslahat bergay hayot, quloq tuting,
Yorug` kunlar nur sochadi, tongni kuting.
Kulib yashang, g`amlar ketsin va unuting,
Peshonadir, taqdirimdan nolib netay,
Onajonim, jannatlarga borib yetdim.

Siz yig`lamang…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]