Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Yig'lama (Turkman qiz 2) qo'shiq matni

Yulduz Usmonova - Yig'lama (Turkman qiz 2) qo'shiq matni

Ey Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
O`zbek qizning bag`ri-dilin dog`lama. (x2)
O`zbek qiz ham boshidagin ko`radi,
Vaqti kelsa uzun poycha kiyadi. (x2)

Uzun ko`ylak turkman qizga merosdir,
O`zbek qizning qoshu-ko`zi charosdir. (x2)
O`zbek qizga xonatlasi yarashadi,
Turkmanlarning ko`rsa, ko`zi qamashadi.

O`zbek qizga xonatlasi yarashadi,
Turkman og`a ko`rsa, ko`zi qamashadi.

O`zbek qizni uyaltirma, Oxunjon,
Turkman qizga bo`laverma mehribon. (x2)
Turkman qiz ham seni aldab ketadi,
Ohularing Yulduzxonga yetadi.

Turkman qiz ham seni aldab ketadi,
Ohularing o`zbek qizga yetadi.

Shunda sen ham o`z yo`lingga qaytarsan,
Yig`lab-yig`lab xonatlasni eslarsan. (x2)
Sen Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
Yulduzxonni tan berar deb o`ylama.

Sen Oxunjon, turkman qiz deb yig`lama,
O`zbek qizni tan berar deb o`ylama.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]