Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sherali Jo'rayev - Qayda ko'rganman seni qo'shiq matni

Sherali Jo'rayev - Qayda ko'rganman seni qo'shiq matni

Qarab to`ymasman ko`zingga, qayda ko`rganman seni,
Hech ishonmasman o`zimga, qayda ko`rganman seni?

Hech ishonmasman ko`zimga, qayda ko`rganman seni,
Qarab to`ymasman yuzingga, qayda ko`rganman seni?

Bu kelishgan qomating-u, qoshlaring menga tanish,
Yuraklarni o`ynatuvchi ko`zlaring menga tanish.

Dilga ilhom baxsh etuvchi yuzlaring menga tanish,
Bilolmasdan loldirman, qayda ko`rganman seni? {x2}

Bul qaro qosh, kiprigu-ko`z bizni chorlaydi nechun,
Endi bildim, qarab turgan qaro ko`zlarning kuchin.

Ketolmayman shul uchunmi, aytaqolgin ne uchun?
Qiynamasdan ayt, dilbarim, qayda ko`rganman seni?

Qiynamasdan ayt, go`zal qiz, qayda ko`rganman seni?
Hech ishonmasman ko`zimga, qayda ko`rganman seni?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]