Sherali Jo'rayev - Onani hurmat qiling qo'shiq matni
Onani hurmat qiling, ko`nglida g`am bo`lmasin,
Ko`ngliga g`ashlik tushib, ko`zlari nam bo`lmasin.
Rasvoi olam bo`lib, hijron o`tida yoqmang,
Jondan aziz boshlari, el aro xam bo`lmasin.
Onani hurmat qiling, ko`nglida g`am bo`lmasin.
Onani o`zga bilib, hech qachon sir saqlamang, {x2}
Oqibat bir kun kelib, ona mulzam bo`lmasin. {x2}
Yoringizning ishqini ko`rmangiz undan baland, {x2}
Onalik mehri ketib, yorga mahram bo`lmasin. {x2}

Ko`ngliga g`ashlik tushib, ko`zlari nam bo`lmasin. {x2}
Onani hurmat qiling, kimsa yo`q undan ulug`,
Haqqiga aylang duo, bir umr kam bo`lmasin,
Doimo birga bo`luvchi, ota ham kam bo`lmasin.

Читать также
Комментарии (0)