Shohruhxon - Sochlari tolim qo'shiq matni

Sochlari tolim-tolim,
Yorim, senda xayolim,
Kecha xatingni olib,
Kuldi jamolim.
Gulda bulbul sayraydi,
Ishqin bayon aylaydi,
Jamolingni bir ko`rsam,
Ko`nglim yayraydi. (x2)

Dilim-xayolim senda,
Sen yaralgan chamanda,
Iqbolimiz ochilgay
Shunday zamonda. (x2)

Sochlari tolim-tolim,
Maydalab o`rolmayman,
Yorim, yangi bo`zlardan
Men ham ololmayman.

Men boray, borganimcha
Yor, sog`intirding buncha?
Bulbul asli sayrarkan
Gul ochilguncha.

Dilim-xayolim senda,
Sen yaralgan chamanda,
Iqbolimiz ochilgay
Shunday zamonda. (x2+x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]