Shaxriyor - Vatan qo'shiq matni

Assalomu alaykum, ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim, Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim vatan.

Sen menga azizsan ona sutidek,
Go`dakligimga guvoh bo`lganim.
Ilk bor qadamni qutlab, quvonib,
Sevgim sirlaridan ogoh bo`lganim.

Yurt kezib, sog`insam tuproq gardini,
Sog`inchimdan ko`zi yoshlangan vatan.
Mening yuragimga tutashib yo`li,
Mening ostonamdan boshlangan vatan.

Men uchun vatan – O`zbekistonim
Qayerdan boshlanar?
Men uchun vatan, ona diyorim
Qayerdan boshlanar?

Men uchun vatan – O`zbekistonim
Yurakdan boshlanar.
Men uchun vatan, ona diyorim
Yurakdan boshlanar.

Men uchun vatan – O`zbekistonim,
Men uchun vatan – ona diyorim.

Ilk bor aytgan so`zim, dunyoga kelib,
Yo`llarga kuzatgan O`zbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib kulib,
Qo`llarin uzatgan O`zbekistonim.

Onamsan, otamsan neki ulug` bor,
Sening noming bilan aytilar vatan.
Bu dunyoga kelib, senga kelinar
Va bir kuni senga qaytilar, Vatan.

Mening ilk salomim, alik olganim,
Ilk bor qadamimni qutlagan makon.
Sevgi izhorida entikkan yurak,
Mening muqaddasim, ey O`zbekiston!

Men uchun vatan – O`zbekistonim
Qayerdan boshlanar?
Men uchun vatan, ona diyorim
Qayerdan boshlanar?

Men uchun vatan – O`zbekistonim
Yurakdan boshlanar.
Men uchun vatan, ona diyorim
Yurakdan boshlanar.

Men uchun vatan – O`zbekistonim,
Men uchun vatan – ona diyorim.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]