Via Sharq guruhi - Yangi yil qo'shiq matni

Yangi yil deraza ortidan mo`ralar,
Yangi yil bir boqib, yana olg`a shoshar.
Ortidan yugurar bizning oltin yillar, yangi yil,
Bolalikdan beri yuraklarimizda yashar yangi yil.

Yangi yil eshik ortidan asta boqar,
Yangi yil tunni mo`jizaga to`ldirar.
Yoshu qarida u g`aroyib bir tuyg`u uyg`otar,
Shu baxtli onlarni saqlaylik umrbod yuragimizda.

Oppoq qorga belandi yer,
Xayolingni ertakka ber,
Mo`jizaga och qalbingni kel.
Yana yangi umidlarga,
Qorday oppoq niyatlarga,
Yetaylik bu oqshom sen va men birga.

Yangi yil bamisoli sirli ertaklar,
Yangi yil bizni orzularga yetaklar.
Do`stlar quvonchidan atrof nurga to`lar o`zgacha,
Yuraklar jam bo`lar, muhabbatga to`lar bu on, bu kecha.

Oppoq qorga belandi yer,
Xayolingni ertakka ber,
Mo`jizaga och qalbingni kel.
Yana yangi umidlarga,
Qorday oppoq niyatlarga,
Yetaylik bu oqshom sen va men birga. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]