Ilhom Farmonov - La'lixon qo'shiq matni

La’lixon, hayda qo`yingni boqaman,
Gul labingda pista-bodom chaqaman. (x2)
Gul labingda pista-bodom chaqmasam,
Eshigingda chashma bo`lib oqaman. (x2)

La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon.
La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon, La’lixon.

La’lixonning bog`i bor, bog`boni yo`q,
La’lixonning dardi bor, darmoni yo`q. (x2)
La’lixon, bog`ingga bog`boning bo`lay,
La’lixon, dardingga darmoning bo`lay. (x2)

La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon.
La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon, La’lixon.

La’lixon ketdi, yoqalab soy bilan,
Qo`lida chinni piyola choy bilan, (x2)
La’lixon, choyingga ulfating bo`lay,
La’lixon, yo`lingga hamrohing bo`lay. (x2)

La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon.
La’lixon, La’li, La’lixon,
La’lixon, Laylixon, La’lixon. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]