» » Oybek va Nigora ft. Radius 21 - Uchrashamiz qo'shiq matni

Oybek va Nigora ft. Radius 21 - Uchrashamiz qo'shiq matni

[Radius 21]
Hech qayerdan, hech qaylarda paydo bo`ldi sevgi,
Tush edimu yoki ro`yo, qoldirmadi belgi.
Kapalakdek nozik tuyg`u, sen keraksan menga,
Bunchalar shirin azob yoqimli.

Uchratamiz, uchrashamiz, urushib yarashib,
Sevamiz va sevilamiz, unutib eslaymiz.
Ishq o`tida kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

[Nigora]
Dilim yashnar edi ko`rganda bir seni,
Balki sog`inganda qalbim yig`lar.
Men ham sevgan edim, ko`nglim bergan edim,
Armon bo`lib qolgan bu muhabbat. (x2)

[Jama smile]
Uchratamiz, uchrashamiz, urushib yarashib,
Sevamiz va sevilamiz, unutib eslaymiz.
Ishq o`tida kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

Rashk qilamiz, qiynalamiz, gumon qilamiz,
Sog`inib nafratlanamiz, bekor qilamiz.
O`zimizcha kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

[Nigora va Oybek]
Yig`laydi yuragim yulduzli tunlari,
Yolg`iz osmon bilar ko`z yoshlarim.
Seni suygan edim, sen-la kuygan edim,
Bu sevgi olib kelarmikin baxt? (x2)

[Nigora]
Dilim yashnar edi ko`rganda bir seni,
Balki sog`inganda qalbim yig`lar.
Men ham sevgan edim, ko`nglim bergan edim,
Armon bo`lib qolgan bu muhabbat.

Yig`laydi yuragim yulduzli tunlari,
Yolg`iz osmon bilar ko`z yoshlarim.
Seni suygan edim, sen-la kuygan edim,
Bu sevgi olib kelarmikin baxt?




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shahzoda - Uchrashamiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Shaxriyor - Sevgi nima qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:00Скачать
Oybek va Nigora - Izlayman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:51Скачать
Mango guruhi - Yuragim yig’laydi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:43Скачать
Lola - Love me qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.