» » Javohir Zokirov, Radius 21 - To’ylar muborak 2 qo'shiq matni

Javohir Zokirov, Radius 21 - To’ylar muborak 2 qo'shiq matni

[Javohir Zokirov]
Albatta yoningda bo`larman kechgacha,
Sarguzashtlarga to`la tosh ko`cha.
Yoningga, aybdorman, vaqtida borolmadim,
Negadir ertalabdan yurishmadi omadim.

G`alati voqealar bo`ldi, ishonish qiyin,
Go`yoki men emas, mashina menga xo`jayin.
Qaygadir g`oyib bo`ldi qo`limdagi telefon,
Bilaman kechiksam, xato qilaman kattakon.

[Radius 21]
Chapga haydagin, o`ngga haydagin,
Ko`p gapirmagin, bo`ldi, jonga tegmagin. (x2)

Bitta kalla – kalla, ikkita kalla – mahalla,
“To`ylar muborak 2” o`ttiz yildan so`ng.
“Vachach”, barakalla.

[Javohir Zokirov]
Havotir olmagin Nigora,
“Отвечаю, скоро буду”.
Mani xayolimda sensan,
Bu taksi manikimas. (x2)

[Radius 21]
Kelinchak kuyovni qidirgani ketdi,
Bu yerdan o`tmagan edimi u?
Kimdir uni farzandi bor debdi,
“Kinder” syurpriz bolami u?

[Javohir Zokirov]
“It” kiyimlarim, ko`rinishlarim,
Jahl chiqsa vovullaydi kostyum-shimlarim.
“Четкий” ishlarim, ko`p tashvishlarim,
Saratonda yaltiraydi silliq boshlarim. (x2+x2)

[Radius 21]
Hey-yo, o`zbek yoshlari, “kayfuy forever”,
“Вы хотели пати – вот смотрите”:
Oktabrning boshida, kinoteatrning qoshida
Turmaganlar armonda, bayram bizlar tomonda.

Chiptalar kassada, bannerlar trassada,
Hammasi “норма”da, kino “четкий форма”da.
Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar,
“To`ylar muborak 2” kinosiga shoshilinglar.


Похожие песни и клип

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.