Sarvar va Komil ft. Shaxriyor - Sevay qo'shiq matni

[Benom guruhi]
Aylanadi xayol, sog`inchingda bemor,
Kelgin, yoningda bo`lay-olay-olay.
Qalbimni tark etmas,
Sog`inchim hech bitmas,
Seni-seni sevay-olay-olay.

[Shaxriyor]
Yaqinroq kel, yonimda bo`l,
Zor yuragimning kiprigi xo`l.
Sog`indim “baby”, afsunda men,
Kelgin yonimga, hech ketmagin.

Hech kim mendan seni ajratolmas,
Bilgin, hech kim mendek seva olmas.

[Benom guruhi]
Hayotim, vujudim, yuragim bo`l,
Tong sahar ertalab quyoshdek kul.
Sen tomon talpinar yuragim zor,
Yonginamdan ketma yor.

[Benom guruhi]
Aylanadi xayol, sog`inchingda bemor,
Kelgin, yoningda bo`lay-olay-olay.
[Shaxriyor]
Qalbimni tark etmas,
Sog`inchim hech bitmas,
“Baby” seni sevay-olay-olay. (x2)

[Shaxriyor]
Sendan havotirda bedor bu ko`zlar,
Yurak ham bunchalar zarb bergan emas.
Sog`inch-la ayondir titroqli so`zlar,
Bag`rimdan qo`yvormam seni bir nafas.

Mendan yiroq ketma, ketmagin aslo,
Ko`zlarim ko`zlaring ko`rib tursa bas.
Dildagi malikam sensan bir tanho,
Bag`rimdan qo`yvormam seni bir nafas.

Hech kim mendan seni ajratolmas,
Bilgin, hech kim mendek seva olmas.

[Benom guruhi]
Hayotim, vujudim, yuragim bo`l,
Tong sahar ertalab quyoshdek kul.
Sen tomon talpinar yuragim zor,
Yonginamdan ketma yor.

[Benom guruhi]
Aylanadi xayol, sog`inchingda bemor,
Kelgin, yoningda bo`lay-olay-olay.
[Shaxriyor]
Qalbimni tark etmas,
Sog`inchim hech bitmas,
“Baby” seni sevay-olay-olay. (x4)

[Shaxriyor]
Ha-ha, jonim, asalim, shakarim,
Eshityapsanmi, sevgi biz uchun yaratilgan,
Faqatgina biz uchun.
Seni mendan hech kim ajratolmaydi,
Chunki sen mening erkatoyim, beg`uborimsan.
Sevaman seni, “love you”…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]