Sarvar - Ona qo'shiq matni

Katta davralarda kuyladim yonib,
Bahorning yõliga chiqdim quvonib. (x2)
Yashadim shu elning mehriga qonib,
Sizga vaqt topmadim onajon,
Sizga vaqt topmadim otajon.

Vaqt topdim dõstlarning xizmati uchun,
Mashhur kishilarning suhbati uchun,
Ayollarning arzimas g`iybati uchun,
Sizga vaqt topmadim onajon,
Sizga vaqt topmadim otajon-ey,
Sizga vaqt topmadim onajon.

Bolamga kõylaklar oldim rang-barang,
Õzimga qarashga vaqt topdim arang. (x2)
Demadim bir borib onamni kõray,
Demadim bir borib otamni kõray,
Sizga vaqt topmadim onajon,
Sizga vaqt topmadim otajon.

Kim degan odam bõldim endi man?
Borib dardlaringiz olib turay man,
Farzandligim yolg`on {x3}
Insonligim yolg`on,
Sizga vaqt topmasam onajon,
Sizga vaqt topmasam otajon.

Katta davralarda kuyladim yonib,
Bahorning yõliga chiqdim quvonib.
Yashadim shu elning mehriga qonib,
Sizga vaqt topmadim onajon,
Sizga vaqt topmadim otajon.

Sizga vaqt topmadim onajon…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]