Feruza Jumaniyozova - Sen shoxida qo'shiq matni

Qatra-qatra to`kildi ko`zlarimdan durdona,
Nahot qadrim bilmaydi soxta majnun, devona? (x2)
Yondim-kuydimni aytib, makkor meni aldaydi,
Yonimga kelsin qaytib, oh, fe’limni bilmaydi. (x2)

Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o`ngida. (x2)

Qo`ymas eding holimga, bilaklarimdan tutib,
Ishon deding sevgimga, ko`zdan yoshlaring to`kib. (x2)
Endi mendek janona kerak bo`lmay qoldimmi?
Shoshmay turgin devona, o`tkazay bir qadrimni. (x2)

Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o`ngida. (x2+x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Sherali Jo'rayev - Olloh-Olloh qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:44Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Gul qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:19Скачать
Madina Mumtoz - Ey yor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:42Скачать
G`iyos Boytoyev - Onasi bor odamlar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:33Скачать
G`ayrat Usmonov - Tovlanib qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:32Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.