Shaxboz va Navro'z - Soxta sevgi qo'shiq matni

[Shaxboz]
Yodimda, ilk bora seni uchratgan kunim,
Umuman butkul o`zgargan edi bu hayotim.
O`ylar edim, hayotimga to`ladi baxtlar,
Aslida esa seni turgan-bitganing – dardlar.

Orzu qilar edim termulib bu ko`zlaringga,
Mushtoq edi qalbim e’tiborli so`zlaringga.
Afsuski, bu go`zal chehrangga qalbing teskari,
Sevgimda kelajak yo`q, qadrsiz ekan bari.

Bir tiyin ekan shuncha yil bo`lgan munosabat,
Umuman begona senga mehr-oqibat.
Boylik hamma narsadan ustun, bir tiyin muhabbat,
Soxta obro`-e’tibor bo`lsa bas senga faqat.

Afsuslanasan bir kun qoqilganda hayotda,
Alam ila eslaysan qolib, meni faryodda.
Yetmading qadriga hech, muhabbatim edi sof,
Bir kun kelib Allohim senga ham bersin insof.

[Mo`min]
Ket, bo`lgin mendan yiroq,
Sevgi emas o`yinchoq,
Unutolmasman biroq. (x2)

Bo`ldi bas, kerakmas, baxtni qilgandim havas,
O`zga ekan maqsading, ko`zlaring alday olmas.
Bo`ldi bas, kerakmas, baxtni qilgandim havas,
Sabrim bo`ldi ado, qildim xato, qalbim zor emas
Senga-a-a.

[Shaxboz]
Tan olaman, talpinadi yurak hamon,
Lek endi oramizda masofa yeru-osmon.
O`zga bilan baxtlidirsan balki begumon,
Meni eslarmikinsan, oz bo`lsa ham har zamon.

Vaqtinchamidi bergan barcha bu va’dalaring?
Yolg`ondan yosh to`kkanmidi men uchun ko`zlaring?
Qalbimda go`zal tuyg`ular urar edi jo`sh,
Bugun esa bo`m-bo`sh, aybdor kim bunga xo`sh?

“Sevaman, asrayman, sizsiz men yasholmayman!”, –
Degan gaplaringni bugun alam ila eslayman.
O`sha yangi topganing mendan bo`ldimi azizroq?
Unutgim keladi, lekin unutolmasman biroq.

Qaytar dunyo, bir kun tushunib yetasan aybing,
Afsuslar ila faryod-la tirnab, qiynaydi qalbing.
Xor etding muhabbatimni, lekin edi sof,
Mayli Allohim bir kun senga ham bersin insof.

[Mo`min]
Ayt, ne edi gunohim?
Osmonlarda ohim, sabr bergin Allohim!
Ayt, qalbim ezilar darddan,
Yiroq ketdingmu baxtdan?!
Bilsam, sevging soxta!

Bo`ldi bas, kerakmas, baxtni qilgandim havas,
O`zga ekan maqsading, ko`zlaring alday olmas.
Bo`ldi bas, kerakmas, baxtni qilgandim havas,
Sabrim bo`ldi ado, qildim xato, qalbim zor emas
Senga-a-a.

Muhabbat – sen uchun tegishli bo`lmagan tuyg`u…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]