Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Bojalar guruhi va Oybek va Nigora - Balki uchrasharmiz qo'shiq matni

Bojalar guruhi va Oybek va Nigora - Balki uchrasharmiz qo'shiq matni

[Nigora]
Qalbimning yolg`iz egasi
Bo`lolmading, azobga soldim.
Kerak emas, mehribonim,
Bilmadim qadring, ko`ngil armonim.
Istasang jazola meni,
Nafrat o`zimga, kechir beozorim.

[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)

[Nigora]
Sun’iy sevgim uchun jazo deb,
Balki aylandi tuyg`u chinga.
Yolg`izim, meni tark etma,
Baxtli qilay, taskin ber ko`ngilga.
Rad etma aslo,
Yolvoraman, olib ket birga.

[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)

[Nigora]
Bag`rim yig`lar, osmondan yog`ar ko`z yoshlarim,
Orzularingda qolay, cheksiz faryodlarim.
Sevging bergin qalbaki bo`lgan bu qalbimga,
Qaytgin sen ortingga.

[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]