Murodbek Qilichev - Sensiz qo'shiq matni

(Yuragim ko`ksimni yorayotgandek,
Ismingni takrorlab urayotgandek.
Oh, naqadar azob bu cheksiz,
Bir lahza urmagay yuragim sensiz.

Sen mening hayotim, orzu-havasim,
Umrim mazmunisan, har bir nafasim.
Balki sen yasharsan dunyoda mensiz,
Men qanday yasharman, jonginam sensiz?)

Qalbimda ohlarim oh urar unsiz,
Senga talpinarman kechayu-kunduz. (x2)
Balki sen yasharsan jonginam mensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Yashamog`im mumkin yupun, savlatsiz,
Dabdabasiz, boylik, molu-davlatsiz. (x2)
Dunyoda borliging har nega tengsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz yuragimning koshonasi bo`sh,
Kelgin, yuragimga yuragingni qo`sh.
Sen tomon eltuvchi so`qmoqlar unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Bir umr shaydoman senga, yolg’izim,
Sensiz zimistondir bahoru-kuzim,
Qalbimda dardlarim bedavo, unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Qalbimda dardlarim bedavo, unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Abduvali Rajabov - Sensiz qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 20:55Скачать
Rayhon - Sevgi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:24Скачать
Sarvar va Komil - Sensiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Munisa Rizayeva - Yurak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Tohir Sodiqov - Yoz alvido qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 03:19Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.