Abdulxay Karimov - To'y bola qo'shiq matni

Tol yog`ochdan qamchi qilar, ot qilar,
Dadasini yomon desang, dod qilar. (x2)
Sergaplikda kampirlarni mot qilar, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Yaxshi ko`rib o`ynagani qum bo`lar,
Ayasining yonida bir zum bo`lar. (x2)
Tug`ilibon dadasiga dum bo`lar, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Yaxshi ko`rar ammasiyu xolasi,
Deyishadi: jigarimning bolasi. (x2)
To`ylariga novvos boqar tog`asi, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Yarashadi yig`lasa ham, kulsa ham,
Goh erkalab, goh tumtayib tursa ham. (x2)
Uyat bo`lmas ishton kiymay yursa ham, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Dadasining armonlarin o`ldirar,
Ayasining sandiqlarin to`ldirar. (x2)
O`rtoqlarin nisholdaga to`ydirar, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Katta bo`lib o`zi topar nonini,
Vataniga fido qilar jonini. (x2)
Tiklar yana O`zbeklarning shonini, {x2}
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Taxoratsiz yurmas endi shu kundan,
Joynamozni olib bering tugundan. (x2)
Muhammadga ummat bo`ldi bugundan,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola. (x2)

Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Muhammadga ummat bo`lgan-ey boy bola.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Radius 21 - Toy bola qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:16Скачать
Yulduz Abdullayeva - Hay bola qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
Yalla ansambli - Boychechak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:11Скачать
Nilufar Usmonova - Ey bola qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:47Скачать
Mahmud Namozov - Boy bola qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:42Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.