Bojalar guruhi - Choyxona qo'shiq matni

Oftob chiqdi olamga,
Man bo`lsam choyxonamga.
Choyxonachi, quyda choy,
Yana keldi Mo’mintoy.

Ay, yelkasida oq sochiq,
Tashlang “Bojalar” oshiq.
Ko`k choy bilan parvarda,
Bizlar o`ynaymiz narda.

Ko`k choy bilan parvarda,
Vachach, o`ynaymiz narda.

Choyxona, choyxona,
O`zbegim choyxonasi.
Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi. (x2)

Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi.

Qozon to`la devzira,
Oshpaz ovqatga qara.
Manaman degan akalar,
Choyxonaga kelarlar.

Hey, katta-kichik, yosh-qari,
Bu yerdan ketmas nari.
Bedananing sayrashi,
Rohatlanasan kishi.

Bedananing sayrashi,
Tinglab yayraysan kishi.

Choyxona, choyxona,
O`zbegim choyxonasi.
Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi. (x2)

Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi.

Choyxona, choyxona,
O`zbegim choyxonasi.
Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi. (x4)

Yaltiraydi, porlaydi
Paxtagul piyolasi.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]