Radius 21 - Qora Bumer qo'shiq matni

Hayotda og`irni ham, yengilni ham ko`rganman,
Shum bola bo`lib men, Chorsuda katta bo`lganman.
Chiroylimasman, kelishmagan qaddu-qomadim,
Qizlarga ne sababdan yoqaman men bilmadim.

Kech bo`lsa ko`chaga chiqaman sochimni tarab,
Hech bo`lmasa yuraman doim o`zimga qarab.
Mani kutadi mashinam darvozaxonada,
O`zimni baxtli his etaman uning yonida.

Qushdek parvoz etadi mani qora Bumerim,
Poygada doimo yutadi qora Bumerim.
Ko`chalarni kezganda mani qora Bumerim,
Shaharning tinchligin buzadi qora Bumerim.

Qora Bumer, qora Bumer ko`chalarni changitar,
Qora Bumer, qora Bumer qizlarga juda yoqar.
Qora Bumer, qora Bumer mashinaning sarasi,
Qora Bumer, qora Bumer yetolmaysan qisqasi.

Mahallam joylashgandir shaharning kindigida,
Ota-onam vafot etgan hali yoshligimda.
O`zimga xon, o`zimga bek o`sib katta bo`ldim,
Ulg`aydim, bu hayotda ne kunlarni ko`rmadim.

Eski shaharda o`tdi yoshligi yoqalashib,
Chorsu bozorida nonim topardim talashib.
Avtoritetim, hurmatim o`zimga yarasha,
Orzularimga erishdim mana yillar osha.

Qushdek parvoz etadi mani qora Bumerim,
Poygada doimo yutadi qora Bumerim.
Ko`chalarni kezganda mani qora Bumerim,
Shaharning tinchligin buzadi qora Bumerim.

Qora Bumer, qora Bumer ko`chalarni changitar,
Qora Bumer, qora Bumer qizlarga juda yoqar.
Qora Bumer, qora Bumer mashinaning sarasi,
Qora Bumer, qora Bumer yetolmaysan qisqasi.

Hayotda og`irni ham, yengilni ham ko`rganman,
Shum bola bo`lib men, Chorsuda katta bo`lganman.
Chiroylimasman, kelishmagan qaddu-qomadim,
Qizlarga ne sababdan yoqishimni bilmadim.

Qaysi tomonga yurasiz, deb qizlar so`rasa,
Eltaman manziliga hatto yo`lim bo`lmasa.
Tabiatan bir kamtarin va sodda bolaman,
Qiz bolaga qanday qilib yo`q deya olaman?

Shuning uchundir, qora Bumer bo`lmasa nega,
Shuning uchundir, qora Bumer men bilan birga.
Shuning uchundir, qora Bumer Bumerim mani,
Go`zal qizlarni ko`chalarda aylantirgani.

Qora Bumer, qora Bumer ko`chalarni changitar,
Qora Bumer, qora Bumer qizlarga juda yoqar.
Qora Bumer, qora Bumer mashinaning sarasi,
Qora Bumer, qora Bumer yetolmaysan qisqasi.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Munisa Rizayeva - Qop-qora qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:47Скачать
Yulduz Usmonova - Sanamgina qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Yulduz Usmonova - Farg’onaga boraman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Sharof Muqimov - Man shaydo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Gulsanam Mamazoitova - Sensizligimdan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:35Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.