Radius 21 - Chagaev qo'shiq matni

Millionlar yig`ilganda atrofida ko`pi yo`q,
Odamlar hayajonda, kim yutadi yoki yo`q.
Kimlarning xayolida pul, kimlarga farqi yo`q,
Buning bari boks, “go man, let’s go, wow”.

Mana xullas sanga shou, bir-birin yedi go`yo,
Harakatlaringni o`yla, sanga tikilar dunyo.
Ko`zlagan maqsadi tomon yuradi, aysh yo`q,
Qisqasi ring, jang, zarbalar sanog`i yo`q.

Zarb, zarb Chagaev,
Zarb, zarb Ruslan,
Zarb, zarb O`zbekiston! (x2)

A lekin ular mard, dushmanlar uchun “удар”,
Har gal chempion uchun mili-millionlar sarf.
Harakat tez go`yo, uchar mushtum “лиапарт”,
Kim bo`sa ham yutaman, yiqitaman o`sha shart.

O` mana raund boshlanganda diqqat-e’tibori,
Raqibiga adrenalinli zarba yetib bordi.
Ayamasdan chap-o`ng, qarshiliklar bormi?
Chagaev – chempion, qara bo`lasan ovora.

Zarb, zarb Chagaev,
Zarb, zarb Ruslan,
Zarb, zarb O`zbekiston! (x2)

Pastdan zarba, dovdiradi bir dam,
Bola jim bo`lgan ekan, jahl boshlandi shu dam.
A, jahl emas aql bilan ishlash yaxshiroq,
Wow, qani go, mana sanga sharoit.

Ur, sol, a, gou, ha,
Xastla, mana endi pastla.
Agar-a o`rnidan tursa, yana yotqizgin asta,
O`zingning noming, hurmatingni, hayotingni asra.

Zarb, zarb, zarb, zarb,
Zarb, zarb, zarb, zarb. (x2)

Zarb, zarb Chagaev,
Zarb, zarb. (x4)

Zarb…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]