Anvar Sobirov - Shataloq qo'shiq matni

Usulni oling yurakdan,
Chalinglar tandira kasakdan. (x2)
Suvingiz oqsin dirsakdan,
O`ynanglar basma-basakdan. (x2)

O`mbaloq otib o`ynoli,
Lo`mbildoq otib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

Qarslarni qoqib o`ynoli,
Bir changak bo`lib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

Tanangda qon arib oqsin,
Manglaying darlara botsin,
Tanangda qon arib oqsin,
Peshonang darlara botsin.

Shaqir-shaqir qarsni ur,
Qo`llaring qovarjiq otsin.
Qars-qars, qarsni ur,
Qo`llaring qovarjiq otsin.

O`mbaloq otib o`ynoli,
Xangirdak otib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

O`mbaloq otib o`ynoli,
Lo`mbildoq otib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

O`ynanglar barilib qaqshatib,
Angilib, garilib, o`xshatib, (x2)
Bu so`zni qofiya qildi,
Shaydo sizlara baxsh atib. (x2)

O`mbaloq otib o`ynoli,
Lo`mbildoq otib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

Qarslarni qoqib o`ynoli,
Bir changak bo`lib o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o`ynoli.

Xangirdak otib o`ynoli,
Basma-bas bir o`ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Bir xazzatib o`ynoli.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Sherali Jo'rayev - O'ynab-o'ynab qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 22:22Скачать
Alisher Fayz - Shamol qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 22:21Скачать
Muhriddin Xoliqov - Qishloqdagi qiz qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:25Скачать
Tohir Mahkamov - O'ldir qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 20:42Скачать
Mavluda Asalxo`jayeva - Sadda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:44Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.