Hojiakbar Hamidov - Muhabbat gulshani qo'shiq matni

Jahonda totmagan kim bor muhabbatning sharobidan, {x2}
Tiriklik ziynati, asli hayotning oftobidan? {x2}

Balog`at yoshiga yetgach, har inson ixtiyor aylar, {x2}
Saboq olgay uning totli, ajab sirli kitobidan. {x2}

Yurakda o`t yonar mudom, xayoldan ketmagay barno, {x2}
Ko`ngilda mavj urar orzu asl niyat shitobidan. {x2}

Muhabbat gulshani har kez sadoqat birla oboddur,
Va aksincha, chekar ozor har ikki dil azobidin.

Azobga uchramay degan baland tutgay uning qadrin, {x2}
Amal aylab, najot topgay mudom davron xitobidan. {x2}

Jahonda totmagan kim bor muhabbatning sharobidan,
Tiriklik ziynati, asli hayotning oftobidan… {x2}


Похожие песни и клип

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.