Radius 21 - Singlim qo'shiq matni

Bir qiz yig`lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida.
Ko`ngil oqib ko`zin yoshida,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Nigohida oftoblari bor,
Nolishlari, javoblari bor,
So`ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Tovoniga tushgan kokillar
Qizginaga qo`shilib yig`lar.
Bir so`z dilga sanchadi tig`lar:
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Qo`y yig`lama, mani jon singlim,
Men ham sendek bag`ri qon, singlim.
Menga ham yo`q mehribon, singlim,
Muhabbat yo`q ekan dunyoda. (x2)

Dildan ko`chib ketsa xayollar,
Yomonga yo`q ekan jazolar.
Yolg`on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g`arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Bir qiz yig`lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida.
Ko`ngil zori ko`zin yoshida,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.

Qo`y yig`lama, mani jon singlim,
Men ham sendek bag`ri qon, singlim.
Menga ham yo`q mehribon, singlim,
Muhabbat yo`q ekan dunyoda. (x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Tohir Mahkamov - Yig'la singlim qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 22:18Скачать
Yulduz Abdullayeva - Bilmadim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
G`iyos Boytoyev - Muhabbat yo`q ekan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:33Скачать
Dineyra - Afsona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:24Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.