Radius 21 - Toy bola qo'shiq matni

[B-hud]
Radius 21 va B-hud production,
“Специально для” sunnat to`y –
Toy bolaga remiks!

[Radius 21]
Hey you, ishton kiymay yurgan yosh bolalar,
Dadil bo`linglar, ozgina qoldi, “скора” sunnat to`y.
Radius twenty one and B-hud production!

Tol yog`ochdan qamchi qilar, ot qilar,
Dadasini yomon desang, dod qilar.
Sergap uyda kampirlarni mot qilar,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Yaxshi ko`rib o`ynagani qum bo`lar,
Ayasining yonida bir zum bo`lar.
Tug`iliboq dadasiga dum bo`lar,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan boy bola. (x2)

Yaxshi ko`rar ammasiyu xolasi,
Deyishadi: jigarimning bolasi.
To`ylariga novvos boqar tog`asi,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Yarashadi yig`lasa ham, kulsa ham,
Goh erkalab, goh tumshayib tursa ham.
Uyat bo`lmas ishton kiymay yursa ham,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan boy bola. (x2)

Dadasining armonlarin o`ldirar,
Ayasining sandiqlarin to`ldirar.
O`rtoqlarin nisholdaga to`ydirar,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Katta bo`lib o`zi topar nonini,
Vataniga fido qilar jonini.
Tiklar yana O`zbeklarning shonini,
Toychoq bo`lib chopib yurgan toy bola.

Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan boy bola. (x4)

(Taxoratsiz yurmas endi shu kundan,
Joynamozni olib bering tugundan.)

Toy bola… toy bola…

Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo`lib chopib yurgan boy bola. (x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]