Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ortiq Otajonov feat. Ali Otajonov - Xiva (Yosh pari) qo'shiq matni

Ortiq Otajonov feat. Ali Otajonov - Xiva (Yosh pari) qo'shiq matni

Manaman degan xofizlar men yasagan cholg`u asboblarida el hurmatini qozonishgan. Yaqinda do`stim Ortiq Otajonov nevarasini menga shogirdlikka topshirdi. Shogirdim yaxshi o`rganayotgan edi, lekin bir kuni qo`shnimizning qizini ko`rdi-yu, birdaniga yo`qolib qoldi.
To`g`risini aytsam, men shogirdimning qayerga ketganini anglaganday bo`ldim. U quyib qo`yganday bobosining o`zginasi. Ortiq ham yoshligida Xivani, undagi go`zal qizlarni ta’riflab ko`p qo`shiqlar kuylagan…

[Ortiq Otajonov]
Xorazmda Xiva bor, (Xiva bor, Xiva bor)
Ichan qal’asi rangdor. (Ichan qal’asi rangdor)
Xorazmda Xiva bor, (Xorazmda Xiva bor)
Ichan qal’asi rangdor. (Ichan qal’asi rangdor)
Shu qadimiy Xivada topib olding bir dildor.
(Topib olding bir dildor)

Eshigindan uch o`tding, (Uch o`tdim-o, uch o`tdim)
Erta, peshin, kech o`tding, (Erta, peshin, kech o`tdim)
Ishqi tushib yuragingga,
Bulbulday xonish etding. (Bulbulday xonish etdim)

Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kelmasdan
Topma yana bahona-ey!

Xiva yo`li gul bo`lar, (Gul bo`lar, gul bo`lar)
Sevgan shaydo dil bo`lar. (Sevgan shaydo dil bo`lar)

[Ali Otajonov]
Xiva yo`li gul bo`lar, (Gul bo`lar, gul bo`lar)
Sevgan shaydo dil bo`lar. (Sevgan shaydo dil bo`lar)
Ishqing bilan yuragim
Yona-yona kul bo`lar. (Yona-yona kul bo`lar)

[Ortiq Otajonov]
Hey, Islom Xo`ja minori, (Minori-yo, minori)
Osmon o`par zulflari. (Osmon o`par zulflari)

[Ali Otajonov]
Yuragima o`t solgan,
Hay, qora ko`z, gal bari. (Hay, qora ko`z, gal bari)

Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a chiqmasdan
Topma yana bahona-ey!

[Ortiq Otajonov]
Sadoqat bo`lsin yorda, (Yorda, yorda)
Shamsu qamar nigorda.

[Ali Otajonov]
Sadoqat bo`lsin yorda, (Yorda, yorda)
Shamsu qamar nigorda.
Uchrashuva kelsangiz-ey,
Kutay “Kalta minorda”. (Kutay “Kalta minorda”)

[Ortiq Otajonov]
“Mahmud Pahlavon” mashhur, (U mashhur, u mashhur)
Yer yuzida yakkadur. (Yer yuzida yakkadur)
Shoir Zarifiy deyar:
Yoshlar, baxtli turmush qur! (Yoshlar, baxtli turmush qur)

Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kech qolib,
Topma yana bahona-ey!

Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kech qolib,
Topma yana bahona-ey! (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]