Gulsanam Mamazoitova - Netay qo'shiq matni

San tomon dil talpinar, beparvo bo`lsang, man netay,
Ishqingda ko`ngil yonar, nelarni man malham etay? (x2)

Dalli-yu devonadek izlaring izlab o`tay,
Topmasam dunyosidan, ayt o`zing, qayga ketay, voy-ay?

San tomon dil talpinar, beparvo bo`lsang, man netay,
Ishqingda ko`ngil yonar, nelarni man malham etay?

Husningni ko`z-ko`z qilib, nola-yu ash’or bitay, {x2}
Hozir-u nozir bo`lib, istaging bisyor etay, voy-ay.

San tomon dil talpinar, beparvo bo`lsang, man netay,
Hey, ishqingda ko`ngil yonar, nelarni man malham etay?

Nola-yu ohim yutib, kun kelib qo`ling tutay, {x2}
Kelgin-a va’da berib, tokay saning yo`ling kutay, voy-ay?

San tomon dil talpinar, beparvo bo`lsang, man netay,
Ishqingda ko`ngil yonar, nelarni man malham etay?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]